KASB TA`LIMI METODIKASI [Мамура Дехканова] (pdf) читать постранично, страница - 7

-  KASB TA`LIMI METODIKASI  1.98 Мб, 148с. скачать: (pdf) - (pdf+fbd)  читать: (полностью) - (постранично) - Мамура Дехканова

Книга в формате pdf! Изображения и текст могут не отображаться!


 [Настройки текста]  [Cбросить фильтры]

kollejdan tashqari soatlar hisobidan har bir semestrda haftasiga 4 soat o`qitiladi, ya`ni o`quv rejasida haftasiga 1 soat
berilgan bo`lsa, yana 3 soatdan, agar 2 soat berilgan bo`lsa, yana 2
soatdan qo`shiladi.
4. O`quv va ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish davrini, haftalar sonini,
o`tilish ketma-ketligini har bir ta`lim muassasasi o`z sharoitidan kelib
chiqqan holda hamda yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga
olib o`zlari Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan belgilashi mumkin.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasi ixtisoslik fanlari
ro`yxatini tuzishda uzviylik va uzluksizlikni ta`minlash maqsadida oliy
ta`lim muassasasi va ish beruvchi tashkilotlar talablarini hisobga oladi.
23

5. Uchinchi kursdagi ishlab chiqarish amaliyoti oldidan o`quvchilarga bitiruv ishi vazifasi beriladi, bu ishlarni o`quvchi ushbu amaliyot jarayonida bajarishi lozim (ma`lumot to`plash, bo`limlar bo`yicha ularni tayyorlash).
6. Mazkur o`quv reja asosida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasi
ishchi o`quv rejasini tuzadi. Bunda mazkur kasb-hunar kolleji o`quvchilar o`quv yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o`quv
fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10
% gacha o`zgartirish kiritishni Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan
amalga oshiradi.
7. Tanlov fanlari uchun belgilangan o`quv soatlari kollej pedagogik
kengashi qaroriga asosan maxsus fanlarni o`qitishga ajratiladi.
8. Uchinchi kursdagi (6-semestr) 8 haftalik amaliyotning 2 haftasi (7-8
haftalar) diplom ishini bajarish uchun ajratiladi
9. Kasblar bo`yicha amaliy imtihon o`quvchining tanlagan kasbi bo`yicha
ishlab chiqarish amaliyoti o`quv dasturlari asosida o`tkazilishi keltiriladi.
Ishchi o`quv rejalarni ishlab chiqish hamda ta`lim jarayoniga tatbiq
etish.
O`zbekiston Respublikasi O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining Davlat
ta`limi standartlari «Ta`lim to`g`risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi «O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida»gi 400-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta`lim standartlarining 2.5.4.-bandiga binoan o`quvchining haftalik yuklamasi 54 soat, undan 16 soati o`quvchi mustaqil ishiga, ya`ni auditoriyadan tashqari
ta`limligi ko`rsatilgan. Har haftada mustaqil ish uchun 16 soat ajratilganligini va bir o`quv yili 40 haftadan iborat ekanligini hisobga olsak o`quvchi
bir yilda 640 soat, uch yilda 1920 soat mustaqil ish bajarishi lozimligi kelib
chiqadi. Bugungi kunda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha adabiyotlarning yangi avlodlari, zamonaviy
o`quv jihozlari, texnika va texnologiyalar bilan ta`minlanib kelinmoqda,
shuning uchun ham o`quvchilarda mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O`tgan davr mobaynidagi tajribalar shuni
ko`rsatdiki bitiruvchi o`quvchilar chuqur nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlarida fanlar bo`yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va
nazorat qilish, o`quvchilarni egallaydigan mutaxassislik va kasblar bo`yicha individual ishlashga, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi ijodiy hamkorlikni ta`minlash talab darajasida emasligi ma`lum bo`ldi. Ushbu uslubiy
ko`rsatmada mustaqil ishni tashkil etish tartib qoidalari berilgan.
Yangi namunaviy o`quv rejada «tanlov fanlari»ga alohida soatlar ajra24

tilgan bo`lib, ulardan maqsadli ravishda samarali foydalanishni (ish beruvchilar takliflari asosida) tashkil etish ushbu uslubiy qo`llanmada yoritilgan.
Tavsiya etilayotgan uslubiy majmua o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining barcha toifadagi xodimlari uchun mo`ljallangan. Mazkur majmuani
mazmunan takomillashtirishda mualliflar akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarining rahbarlari, o`qituvchilari, muhandis-pedagog xodimlari va
mutaxassislarining taklif va istaklari inobatga olinadi.
Ishchi o`quv rejalarni ishlab chiqish tartibi. Akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha ishlab chiqilgan
namunaviy o`quv rejalariga asosan har bir ta`lim muassasasi o`zining
tayyorlov yo`nalishlaridan kelib chiqib ishchi o`quv rejalarni ishlab
chiqishda quyidagilar e`tiborga olinishi lozim:
− tayyorlov yo`nalishining namunaviy o`quv rejasiga asosan ishchi o`quv
rejasini ishlab chiqishda o`quvchilar o`quv yuklamasinining haftalik
hajmini saqlagan holda o`quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar
tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o`zgartirish huquqi beriladi;
− tanlov fanlariga ajratilgan soatlar hajmini fan kafedralari, ish beruvchi
korxonalar mutaxassislari bilan kelishilgan holda o`quv rejasidagi
maxsus fanlarga yoki kasblardan kelib chiqib qo`shimcha maxsus fan
kiritilishi mumkin;
− ishchi o`quv rejasiga asosan ta`lim muassasasining moddiy-texnik
bazasi, joylashgan hududi, ish beruvchi korxonalardagi ishchi
o`rinlarning mavjudligi, tayyorlov yo`nalishlarining xususiyatlaridan
kelib chiqib, kasbiy fanlarning semestrlar bo`yicha o`qitilishini, o`quv
va ishlab chiqarish amaliy mashg`ulotlari o`tkazilish davrini 10 %
gacha o`zgartirishi mumkin;
− namunaviy o`quv rejasiga asosan ishchi o`quv rejalarini ishlab chiqish
ta`lim muassasasining o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari, ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari, kafedra mudirlari,
uslubchilar tomonidan ishlab chiqilib, o`qitiladigan fanlarning semestrlar bo`yicha taqsimlanishi, amaliy mashg`ulotlarning o`tkazilish davrlarini ish beruvchi korxonalar mutaxassislari bilan kelishilgan holda
ishlab chiqiladi hamda ta`lim muassasasi rahbari tomonidan pedagogik
kengash qaroriga asosan tasdiqlanadi;
− ishchi o`quv rejalarida umumkasbiy va maxsus fanlar bo`yicha laboratoriya ishlari, kurs ishlari, amaliy mashg`ulotlar uchun ajratiladigan soatlar hajmi (asoslangan holda fan o`qituvchilari tomonidan belgilanadi)
har bir fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi saqlangan holda fan
o`qituvchilari tomonidan belgilanadi. Masalan (namuna) «Avtomobillarning tuzilishi» faniga 100 soat ajratilgan bo`lsa shundan: 60 soati
25

nazariy, 12 soati kurs ishi (kurs ishlarini bajarish uchun soatlar hajmi
12 soatdan kam bo`lmasligi kerak), 20 soat amaliy mashg`ulot va 8
soati laboratoriya ishlarini bajarish uchun belgilanadi va jami 100
soatni tashkil etadi
− laboratoriya ishi, kurs ishi, amaliy mashg`ulotlar uchun ajratiladigan
soatlar miqdori namunaviy o`quv rejaga asosan ishchi o`quv
rejalarning 7,8,9,10-punklarda aks ettiriladi.
Mustaqil ish soatlari, ularni bajarish va nazorat qilish tartibi. Namunaviy o`quv rejalarida har bir fan bo`yicha mustaqil ish soatlari qanday
tartibda belgilandi: Ma`lumki, Davlat ta`lim standartida belgilanganidek
o`quvchining haftalik o`quv yuklamasi 54 soatni tashkil etadi. O`quvchilar
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 3 yil ya`ni 120 hafta ta`lim
oladilar. Demak, 120 haftani 54 soatga ko`paytirsak 6480 soatni tashkil
etadi, bu soatlar miqdori o`quvchining umumiy yuklamasi, ya`ni mustaqil
ishlarga ajratilgan soatlar bilan auditoriyadagi o`qitiladigan fanlarga
ajratilgan soatlar hajmining yig`indisiga teng bo`ladi.
6480 soatdan uch yil davomida o`quvchilar tomonidan auditoriyada
o`rganiladigan fanlarga (fanlar bo`yicha tarmoq standartlarida belgilangan
soatlar hajmi) 4560 soati ajratilsa, 1920 soat kelib chiqadi. Demak,
mustaqil ishga ajratiladigan 1920 soat, 4560 soatni 42,1 % ni tashkil etadi.
Misol sifatida ixtiyoriy bir fanga ajratilgan mustaqil ish soatini keltirib
chiqarish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: ya`ni agarda matematika
faniga davlat ta`lim standartiga asosan 200 soat ajratilgan bo`lsa, shu
soatni 42,1 % ga ko`paytirsak, 84 soatni tashkil etadi. Demak, matematika
fani uchun auditoriyada o`qitiladigan o`quv yuklamasi 200 soatni, mustaqil
ish 84 soatni va umumiy soat namunaviy o`quv rejada ko`rsatilganidek 284
soatni tashkil etadi. Xuddi shu tartibda qolgan fanlarning ham mustaqil ish
uchun soatlari hisoblanadi.
Mustaqil ish soatlarini bajarishda quyidagilarga e`tiborni qaratish lozim:
− o`quvchilar tomonidan fanlarni o`rganish jarayonida ularning nazariy
va amaliy bilim va ko`nikmalarini o`z vaqtida baholab borish, o`quvchilarning fanga, kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirib borish,
ularning fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirish, nutq madaniyatlarini oshirish maqsadida fan mavzulari, bo`limlariga oid qo`shimcha topshiriqlar
beriladi hamda o`quvchilarni joriy baholash, oraliq baholash va yakuniy baholash natijalariga o`quvchilarning mustaqil ishlarini bajarishlari
bo`yicha olgan qo`shimcha ballarini inobatga olgan holda baholanadi;