KASB TA`LIMI METODIKASI (pdf)

-  KASB TA`LIMI METODIKASI  1.98 Мб (скачать pdf)  (читать)  (читать постранично) - Мамура Дехканова

Книга в формате pdf! Изображения и текст могут не отображаться!


Настройки текста:




“O`zbekiston temir yo`llari” DATK
Toshkent temir yo`l muhandislari instituti

M.U. Dexkanova

KASB TA`LIMI METODIKASI

5140900 (5111000) - “Kasb ta`limi” yo`nalishi bakalariat talabalari uchun
o`quv qo`llanma

Toshkent-2013

UDK 378.147:1.
Kasb

ta`limi

metodikasi.

O`quv

qo`llanma.

Dexkanova

M.U.

ToshTYMI. T.: 2013, 148 bet

Mazkur o`quv qo`llanma kasbiy ta`lim yo`nalishidagi bo`lajak
muhandis-pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, u kasb ta`limi
metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, metodologik asoslari,
ilmiy tadqiqot usullari, kasbiy ta`lim metodlari, shakllari, vositalari,
o`qitish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va o`tkazish, talabalar bilim,
ko`nikma va malakalarini baholash yo`llari, kasbiy faoliyatni tashkil etish
masalalarini qamrab olgan.
O`quv qo’llanma institutning O'quv-uslubiy komissiyasi tomonidan
nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: X.J.Xudoyqulov – p.f.d., prof.,
O.A.Qo`ysinov – p.f.n., dot.

© Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2013

Kirish
«Ta`lim to`g`risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
kasb-hunar ta`limi tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda
ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda
yuksak mehnat intizomini shakllantirish vazifasini qo`ydi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlarni tayyorlash hamda o`rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini
shunday kadrlar bilan
ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar
to`g`risida”gi qarorida ta`lim jarayonida yangi axborot va pedagogik
texnologiyalari, elektron ta`lim resurslaridan hamda multimedia
taqdimotlaridan keng foydalanish orqali ta`lim samaradorligiga erishish
muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlangan.
Ishlab chiqarish texnologiyalarining yangilanayotganligi, fan
kashfiyotlari va texnikani bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib borishi
mutaxassis kadrlardan o`z bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda
chuqurlashtirib, yangilab, to`ldirib va kengaytirib borishni talab etadi.
Kasb-hunar ta`limi tizimida malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash
ko`p jihatdan maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagogning kasbiy
bilimlari, ko`nikmalari va malakalari hamda pedagogik mahoratiga
bog`liqdir.
Ishlab chiqarish ta`limi jarayonida kasbiy ko`nikma va malakalar tizimi
yaratiladi, o`quvchilar kerakli ishlab chiqarish tajribasiga, kasbiy
mahoratga ega bo`ladilar. Shuning uchun har bir pedagog o`z sohasining
ustasi, mohir tarbiyachi, jonkuyar va fidoiy bo`lishi darkor. U o`z ustida
tinmay izlanishi, o`z ishiga ijodiy yondoshishi, o`quvchilarni fanga
qiziqtira olishi lozim. Bunga erishish uchun esa kasb-hunar kollejlari
maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish
jarayonining va o`z mehnat faoliyatining mazmunini to`g`ri rejalashtira
olishi, ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo`llay olishi, axborot
texnologiyalarini bilishi hamda zamonaviy texnik vositalardan dars
jarayonida samarali foydalana olishlari lozim. Ta`lim jarayonida yangi
pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullardan foydalanish, yangi
ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tatbiq qilish, talabalarni ko`proq
mustaqil ishlashga undash, ilg`or tajribalardan saboq berishning turli
yo`llaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yana bir muhim jihati,
oliy ta`lim muassasalarida bo`lajak umumkasbiy, maxsus fan o`qituvchilari
va muhandis-pedagoglarning bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish,

3

ularning tanlagan yo`nalishlari bo`yicha kasb sirlarini egallashi uchun
yangi darsliklar, o`quv qo`llanmalari bilan ta`minlash lozim.
Zamonaviy o`quv adabiyotlari va elektron ta`lim resurslari bo`lajak
o`qituvchilarning ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy bilimlarini oshirishda,
ularning kasbga bo`lgan qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega.
Ushbu o`quv qo`llanma kasbiy ta`lim yo`nalishidagi bo`lajak
muhandis-pedagoglar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda kasb ta`limi
metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, metodologik asoslari,
ilmiy tadqiqot usullari, kasbiy ta`lim metodlari, shakllari, vositalari,
o`qitish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va o`tkazish, talabalar bilim,
ko`nikma va malakalarini baholash yo`llari, kasbiy faoliyatni tashkil etish
masalalari bayon etilgan.

4

Kasb ta`limi metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja

1. Kasb ta`limi metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Kasb ta`limi metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqalari.
3. Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29-avgustdagi 9sessiyasida “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu qonun va dastur ta`lim sohasini tubdan isloh qilishga
qaratilgan bo`lib, ta`lim sohasini rivojlantirish yo`llarini belgilab berdi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunning
maqsadi fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning
huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat
konstitutsiyaviy huquqini ta`minlashga qaratilgan.
Kasb ta`limi metodikasi- ijtimoiy hayotning ma`lum sohasida faoliyat
ko`rsatish uchun zarur bo`lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini
shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda
mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog`idir.
«Kasb ta`limi metodikasi» fani talabalarning pedagogika, psixologiya,
umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko`nikmalarini
amalga tatbiq etish, kasb – hunar kollejlarida umumkasbiy va maxsus
fanlari bo`yicha dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari hamda
metodlari, shuningdek, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan
tanishtiruvchi, ularni tayyorlashni o`rgatuvchi fan bo`lib hisoblanadi. U o`z
oldiga har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida
tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta`lim-tarbiya ishini tashkil etish
va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan,
milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his
etib, ularni ta`lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – kasb
ta`limi o`qituvchisini tayyorlash bilan bog`liq aniq maqsadni qo`yadi.
«Kasb ta`limi metodikasi» fani quyidagi vazifalarni hal etadi:
− pedagogik-psixologik bilimlarni umumkasbiy va maxsus fanlarni
o`qitish jarayonida tadbiq etish;
− pedagogik-psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi
pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal
etish;
− kasb ta`limini o`qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish
metodikasini (har bir kasbga o`rgatishning mazmuni va o`ziga xosligini
5

mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda) o`rgatish.
«Kasb ta`limi metodikasi» pedagogika, psixologiya, odam anatomiyasi
va fiziologiyasi, umumkasbiy, maxsus fanlar bilan uzviy bog`langan.
Bilish jarayoni va aqliy rivojlanish psixologiyasi o`quv ustaxonalarida turli
buyumlarni texnikaviy loyihalash va modellash jarayonida o`quvchilarda
texnik fikrlash hamda konstruktorlik qobiliyatini shakllantirish uchun asos
hisoblanadi. Psixologiya o`quvchilarning bilimlarini o`zlashtirishi, mehnat
malakalari va ko`nikmalarini hosil qilishi, ularda mustaqillik va mehnatga
ijodiy yondashish hissini rivojlantirish qonuniyatlarini ochib beradi. Bu
o`quv ustaxonalarida o`quv-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil etishda katta
ahamiyatga egadir.
«Kasb ta`limi metodikasi» odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani bilan
ham uzviy bog`liqdir. Mazkur ikki fan insonning biologik mohiyatini
tushunishda baza bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli, kasb ta`limi darsida
o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish uchun o`qituvchi, o`quvchi
organizmi o`sishi va rivojlanishining biologik qonuniyatlarini bilishi kerak.
Bu insonning ruhiy shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini ochib
beradigan yosh fiziologiyasi va odamning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi
kursida




MyBook - читай и слушай по одной подписке