KASB TA`LIMI METODIKASI [Мамура Дехканова] (pdf) читать постранично, страница - 39

-  KASB TA`LIMI METODIKASI  1.98 Мб, 148с. скачать: (pdf) - (pdf+fbd)  читать: (полностью) - (постранично) - Мамура Дехканова

Книга в формате pdf! Изображения и текст могут не отображаться!


 [Настройки текста]  [Cбросить фильтры]

kasb-hunar ta`limining ta`lim yo`nalishlari mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi-O`MKHTi o`quv muassasalarida kichik
mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ta`lim yo`nalishlari, mutaxassisliklar
va kasblarning tizimlashtirilgan ro`yxatidir.
O`MKHT tayyorlov yo`nalishlari va mutaxassislar kodi- kasbiy
faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo`yicha tayyorlov
yo`nalishlari ixtisoslashtirilgan ro`yxatining raqamli belgisidir.

143

Kasb - inson mehnat faoliyati mahsuli bo`lib, maxsus kompleks tayyorlash
davrida va ish tajribalari asosida egallagan nazariy bilim, amaliy ko`nikma
va malakalar majmuidir.
Mutaxassislik - maxsus tayyorlov davrida va ish tajribalari asosida
ma`lum faoliyat uchun o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalardan
iborat majmuadir.
Darslik – davlat ta`lim standarti, o`quv dasturi, uslubiyoti va didaktik
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g`oyasi singdirilgan, muayyan
o`quv fanining mavzulari to`liq yoritilgan, tegishli fanning asoslarini
mukammal o`zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta`lim yo`nalishlarida
foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
O`quv qo`llanma – darslikni qisman to`ldiruvchi, muayyan fan dasturi
bo`yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o`zlashtirilishini ta`minlovchi,
ayrim bob va mashg`ulotar yechimiga mo`ljallangan nashr.
Ta`lim vositalari - o`quv materialini ko`rgazmali taqdim etish va shu bilan
birga o`qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
Ta`limning texnik vositalari (TTV) - o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga
o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon
beradi.
Yordamchi ta`lim vositalari (YOTV) – grafiklar, chizmalar, namunalar
va h.k. boshq.
O`quv - uslubiy materiallar (O`UM) - o`quv materiallar, o`zlashtirilgan
o`quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning
mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar.
Grafikli tashkil etuvchi – fikriy jarayonlarni ko`rgazmali taqdim etish
vositasi.
Ta`lim shakllari (forma-lotincha-tashqi ko`rinish) - bu usul o`quv
jarayonini mavjudligi, uning ichki mohiyati, mantiqi va mazmuni uchun
qobiq.
Ommaviy ish (frontal) - barcha ta`lim oluvchilar oldiga bir xil topshiriq
bajarish maqsadi qo`yiladi.
Jamoaviy ish (kollektiv) - ham umumiy va guruhlariga taalluqli bo`lishi
mumkin: 1) oldinda turgan ish rejasini hamkorlikda muhokama qilish; 2)
majburiyatlarni bo`lish, hisobot shaklini tanlash; 3) xulosalarni muhokama
qilish (tartib bilan alohida ta`lim oluvchilar fikrlari tinglanadi va
144

muhokama qilinadi); 4) Ma`qul xulosalarni shakllantirish (umumiy
kelishuv bilan).
Guruhli - kichik guruhlarda hamkorlikda bir topshiriqni bajarish.
Yakka tartibli (individual) - o`quv topshirig`ini yakka o`zi bajarishi.
Nazorat – doimy tekshirish yoki nazorat maqsadidagi tekshiruv. Ta`lim
oluvchilarni bilim, ko`nikma, malakalarini (BMK) aniqlash,o`lchash va
baholashni anglatadi.
Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim
faoliyatini takomillashtirishga yo`naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.
Maqsadni belgilash - didaktik vazifalarni aniqlash, o`quv natijalarini
shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatni asosiy omili bo`lib, ta`lim beruvchi
va ta`lim oluvchining birgalikdagi faoliyati harakatini umumiy natijaga
yo`naltirish.
Tashxis - ta`lim oluvchilar xususiyatlarini va mavjud moddiy - texnik
imkoniyatlarni o`rganish. Bu maqsadni to`g`rilash zarurligiga va ularga
erishish vositalarini tanlashga imkon beradi.
Bashorat qilish - o`rnatilgan vaqt ichida mavjud sharoitlarda pedagogik va
o`quv faoliyati natijalarini oldindan ko`rish.
Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda
o`rnatilgan vaqt mobaynida yo`l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga
erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish,
o`quv axboroti va qaytar aloqani yetkazish vositasi va yo`llarini aniqlash.
Rejalashtirish - oldindagi o`zaro bog`liq pedagogik va o`quv faoliyatining
rejasini ishlab chiqishdan iborat bo`ladi. U texnologik xarita ko`rinishida
rasmiylashtiriladi.
Texnologik jarayon - ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning
yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalar yig`indisi.
Texnologik operatsiya - ishchi tomonidan o`zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko`rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita - ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik
operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni
belgilovchi tartib bo`lib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda
bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.

145

Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Toshkent., 1998.
2. С.Я. Батиушев. Профессиональная педагогика. “Профессиональное образование”. Москва. 1997. 511 с.
3. Макеинко. Н.И. Ҳунар-техника билим юртларида педагогик
процесс. Ўқитувчи. Тошкент.1977- 370b
4. Frank Vengkefer, Berufiche Bildung und Consulting GmbH, («Kasbiy
pedagogika» maxsus sohasining muhim masalalar asosida Frank
Vengkeferning konsepsiyasi)., D-13189 Berlin, 2002.
5. B. Haydarov, Dexkanova va boshqalar. Baholash metodlari. Toshkent.
Osiyo taraqqiyot banki. 2003. - 156 b.
6. B. Haydarov, Dexkanova va boshqalar.Ta`lim samaradorligini oshirish
yo`llari. Toshkent. Osiyo taraqqiyot banki. 2002. - 156 b.
7. K.Olimov, O. Abduquddusov, L. Uzoqova, M. Ahmedjonova, D.
Jalilova. «Kasb ta`limi uslubiyoti» o`quv qo`llanma. T: TFI, 2006. 197bet.
8. Rashidov X., Xabib X. va Eldasheva G., Zakirov A. Kasbiy pedagogika. -T: 2007
9. O. Abduquddusov, X.Rashidov. Kasb-hunar pedagogikasi. – T.: 2010.

146

Mundarija
Kasb ta`limi metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari .............. 5
Kasb-hunar ta`limi mazmuni ..................................................................... 10
Kasb-hunar ta`limi tizimi va jarayoni........................................................ 31
Maxsus fan va ishlab chiqarish ta`limi o`qituvchisining faoliyat
sohalari va unga qo`yiladigan talablar....................................................... 35
Kasbiy ta`lim metodlari............................................................................. 42
O`quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va ulardan
foydalanish ................................................................................................ 68
Kasb-hunar kollejlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va
malakalarni nazorat qilish va baholash...................................................... 77
Kasb ta`limini rejalashtirish ...................................................................... 94
Kasb-hunar kollejlarida o`quv, ishlab chiqarish amaliyotlarni
tashkil etish va o`tkazish ........................................................................ 106
O`quv-ishlab chiqarish ishlarini me`yorlashtirish ................................... 113
Kasb-hunar kollejlarida darslarni tahlil qilish ......................................... 118
Bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarning pedagogik amaliyoti ................. 130
Kasb-hunar kollejlarni boshqarish va ta`lim-tarbiya jarayonini
nazorat qilish ........................................................................................... 135

147

Muharrir:

Bepul tarqatiladi
Nashrga ruhsat etildi 02.10.2013
Qog'oz bichimi 60×84/16
ToshTYMI bosmaxonasi

Adadi

Q.E.Axmedov
Hajmi

25 nusxa Buyurtma №

9,4

b. t.

22-5/2013

Toshkent sh., Odilxo'jayev ko'chasi, 1