KASB TA`LIMI METODIKASI [Мамура Дехканова] (pdf) читать постранично, страница - 35

-  KASB TA`LIMI METODIKASI  1.98 Мб, 148с. скачать: (pdf) - (pdf+fbd)  читать: (полностью) - (постранично) - Мамура Дехканова

Книга в формате pdf! Изображения и текст могут не отображаться!


 [Настройки текста]  [Cбросить фильтры]

o`tkazish.
7 Maxsus fan va o`quv amaliyoti xonalarini jihozlashga qo`yiladigan talablarini
o`rganish.
8 Muayyan maxsus fan bo`yicha o`quv –uslubiy majmua ishlab chiqish: taqvimmavzular reja, mavzu bo`yicha dars rejasi, ma`ruza matn, tarqatma materiallar,
taqdimot slaydlar nazorat savollari va baholash mezonlarini tuzish.
9 Muayyan o`quv amaliyoti bo`yicha o`quv –uslubiy majmua ishlab chiqish:
taqvim-mavzular reja, mavzu bo`yicha dars rejasi, ma`ruza matn, yo`riqli
texnologik xarita, tarqatma materiallar, taqdimot slaydlar nazorat savollari va
baholash mezonlarini tuzish.
10 Maxsus fan bo`yicha mustaqil darsni tashkil etish va o`tkazish
O`quv amaliyoti mustaqil mashg`ulotini tashkil etish va o`tkazish
11 Malakaviy pedagogik amaliyot hisobotini tayyorlash
12 Malakaviy pedagogik amaliyot ishini himoya qilish
JAMI

60 s

6s
6s
6s
6s
6s
6s
6s

6s
6s
6s
72 s

Malakaviy amaliyot tugaganidan so`ng talabalar quyidagi hujjatlarni
Malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi.
Malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi bo`yicha hisoboti:
¾ Kasb-hunar kolleji haqida qisqacha ma`lumot: o`quv bazasi, tayyorlov
yo`nalishlari, pedagog kadrlar tarkibi, o`quvchilar kontengenti, amaliy
mashg`ulotlar o`tkaziladigan o`quv xonalari haqida ma`lumot;
¾ Amaliyotchi talabaning mustaqil dars ishlanmasi (mashg`ulot rejasi,
ma`ruza matn, nazorat savollari, taqdimot slaydlari, tarqatma materiallari, talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash mezoni)
¾ Maxsus fanlar bo`yicha mashg`ulot olib boradigan 4 ta tajribali pedagoglarning darslarini tahlili (2 ta nazariy va 2 ta amaliy mashg`ulotlar);
¾ Maxsus fanlar bo`yicha 1 ta nazariy va 1ta amaliy (mashg`ulot
ishlanmasi).
¾ Tarbiyaviy soat ssenariysi;
¾ Amaliyot davomidagi talabalarning o`zaro kuzatgan mashg`ulotlar tahlili;
¾ Malakaviy pedagogik amaliyot rahbari tomonidan talabaga berilgan
tavsifnoma.
¾

134

Nazorat savollari
1. Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2. Malakaviy pedagogik amaliyot dastur mazmunini tushuntirib bering.
3. Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va amalga oshirish
bosqichiga izoh bering.
4. Pedagogik amaliyot bo`yicha qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
5. Pedagogik amaliyot natijalari qanday baholanadi?
Topshiriq
Passiv amaliyot vazifalari

Faol amaliyot vazifalari

Kasb-hunar kollejlarini boshqarish va ta`lim-tarbiya jarayonini
nazorat qilish
Reja:
1. Ta`lim muassasalarini boshqarish tushunchasi
2. Ta`lim muassasalarini boshqaruv tuzilmalari;
3. Ta`lim muassasalarini boshqarishda rahbarlar faoliyati va rahbarlik
vazifalarining taqsimlanishi
Boshqaruv har qanday jamiyatga xos bo`lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu faoliyat
mohiyati yanada takomillasha boradi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad
mehnat ahlining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab
chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Boshqaruv xalq manfaati ko`zlangan holda demokratik uslub
negizida amalga oshiriladi. O`z-o`zidan ravshanki, bunday boshqaruv
jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni
takomillashtirishga alohida e`tibor qaratiladi. Zotan, jamiyatimiz rivoji
uchun boshqaruv hal qiluvchi kuchga ega bo`lmog`i lozim.
Boshqaruv – taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos
bo`lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Zotan, bu
135

xususiyat ijtimoiy jamoa mehnatida, turmush va mehnat jarayonida
kishilarning o`zaro aloqada bo`lishi, o`z moddiy va ma`naviy faoliyatining
mahsulotini almashtirish zaruratidan kelib chiqadi.
Mehnatning har qanday shakli – ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan
mehnat – idora qiluvchiga ma`lum darajada muhtojdir. Idora qiluvchi o`z
jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. Idora qiluvchi ishlab chiqarish organizmining mustaqil a`zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. To`g`ri boshqaruvning muhim sharti – boshqaruvchining, ya`ni rahbarning faoliyatidir.
Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy sohalarni o`z
ichiga qamrab oladi. Shunga muvofiq tarzda boshqarishning ham uchta
asosiy yo`nalishi mavjud. eng asosiysi, iqtisodiy boshqaruvdir. Chunki,
iqtisod – moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining
negizini tashkil etadi. Milliy tiklanish iqtisodni qayta qurishdan boshlanadi.
Iqtisodiy boshqaruv kun tartibidagi eng muhim masala hisoblanadi.
Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv kishilarning turli jamoalari (ijtimoiy
guruhlar, millatlar, elatlar, jamoalar va h.k.) o`rtasidagi munosabatlarni
ham, ana shu jamoalar ichida kishilar o`rtasidagi munosabatlarni ham
boshqarishdir. Bu turning asosiy mohiyati – turli guruhlar ittifoqini yanada
mustahkamlash va taraqqiy ettirishdan iborat. Bu turdagi boshqaruvdan
ko`zlangan maqsad, ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning
ijtimoiy bir xilligiga erishish, davlat boshqaruvini takomillashtirish,
ijtimoiy o`z-o`zini idora qilishga aylantirishdir.
Jamiyatni va ayrim a`zolar ma`naviy rivojlanishini boshqaruv – boshqarishning yana bir asosiy turidir. Biz yashayotgan jamiyat taraqqiy etmog`i uchun yuksak intellektual xususiyatga ega bo`lishi kerak. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma`rifat berishni, aholiga maishiy-madaniy xizmat ko`rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. ilmiy texnika inqilobi asrida ma`naviy ishlab chiqarish sohasini boshqarish g`oyat
katta ahamiyat kasb etadi. Bu shakldagi boshqarish umumta`lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari ta`lim muassasalari, o`rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi muassasalari, oliy o`quv yurtlari, kadrlar malakasini
oshirish va qayta tayyorldash fakultet va institutlarini boshqarish
tushuniladi.

136

O`zbekiston respublikasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi
markazi

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi
kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash instituti

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar O`rta maxsus kasb-hunar
ta`limi hududiy boshqarmalari

AKADEMIK LITSEYLAR

KASB-HUNAR KOLLEJLARI

Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarini boshqarish oshkoralik,
demokratiya va o`z-o`zini boshqarish asosida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kolleji o`z-o`zini boshqarishning oliy organi bo`lib, pedagogik kengash hisoblanadi va u:
• Kasb-hunar kolleji rivojlanganligining asosiy yo`nalishlarini o`quvchi
va mutaxassislar tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirish va
takomillashtirishni, qo`shimcha va moddiy texnika bazasini belgilaydi.
• Ta`lim mazmunini turli variantlarni muhokama qilish va tanlab olish
(o`quv rejalar, dasturlar, darsliklar) o`quv-tarbiya jarayonining shakl va
uslublarini, ularni amalga oshirish usullarini o`quvchilarni qabul qilish
o`quv muassasasidan chiqarish, o`tkazishni muhokama qiladi va
tanlaydi.
• Muhandis-pedagogik xodimlarning ijodiy tashabbuskorligini oshirish,
ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish bo`yicha malaka oshirish
ishlarini tashkil qiladi.
• O`qituvchilar kasbiy toifa berish to`g`risidagi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida, o`quvchilar va ota-onalarning
fikrlarini hisobga olib, takliflar kiritilgan holda muhandis-pedagog
xodimlarni attestatsiyadan o`tkazadi.
• Kollejning ilmiy-pedagog birlashmalari va qabul komissiyasining
hisobotini eshitadi va muhokama qiladi.
Quyida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining boshqaruv
tuzilmasi keltirilgan:
137

138

Tabiiy fanlar kafedrasi
− fizika
− kimyo
− matematika
− informatika
− astronomiya
− biologiya va
ekologiya

O`quv ishlari bo`yicha
dirеktor o`rinbosari

Dirеktor








davlat tili
ona tili va adabiyot
tarix
geografiya
chet tili
rus tili va adabiyot

Ijtimoiy gumanitar fanlar
kafedrasi

O`quvchilar uyi
(yotoqxona)

Xo`jalik ishlari xodimlari

Xo`jalik ishlari bo`yicha
direktor muovini

Shaxsni rivojlantirish fanlari
kafedrasi
- inson va jamiyat
- davlat va huquq
- ma`naviyat asoslari
- oila psixologiya
- EChT
- jismoniy tarbiya

Axborot va
ma`lumot bo’limi
(kutubxona) ichki
televizor